Линклар

Шошилинч хабар
19 май 2024, Тошкент вақти: 04:15

Bishkek o‘z fuqarolarini Rossiyaga safardan tiyilishga chaqirdi


Bishkekdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi
Bishkekdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini Rossiyaga safar qilishdan tiyilib turishga chaqirdi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilingan.

Qirg‘iz diplomatlari “Rossiyaga kirishni yoppasiga rad etish holatlari”ni qayd etmayotganlari, biroq “Rossiya Federatsiyasidagi joriy vaziyat va uning Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari huquqiy holatiga ta’sirini kuzatayotganlari”ni bildirishgan.

“Ayni paytda vazirlik Rossiya Federatsiyasiga safar qilish uchun jiddiy asosi bo‘lmagan yurtdoshlarga davlat chegarasidagi kuchaytirilgan nazorat bilan o‘tkazish tartibi hamda kiritilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralari bekor qilinguniga qadar yana bir bor bu mamlakatga safar qilishdan vaqtincha tiyilib turishni, safarga chiqishga zarurat tug‘ilgan taqdirda esa Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishda cheklov bor-yo‘qligini oldindan tekshirishni tavsiya qiladi”, deyilgan TIV xabarnomasida.

Avvalro Tojikiston TIV o‘z fuqarolariga shu kabi ogohlantiruv bilan murojaat qilgan edi. Vazirlik fuqarolarga Rossiyaga kirish asossiz rad etilayotgani, bu “ommaviy tus olgani”ni ham urg‘ulagan. Aprel oyi oxirida esa TIV Rossiyaga kirmoqchi bo‘lgan mingdan ziyod tojikistonlik Moskva aeroportlarida tutib turilgani haqida bayonot bergan.

Tojikiston va Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlari fuqarolari Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi terakt ortidan Rossiyada ksenofobiyaning yangi to‘lqiniga duch kelishgan. Mazkur ish bo‘yicha hibsga olinganlarning ko‘pchiligini Tojikiston fuqarolari tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG