Линклар

Шошилинч хабар
19 май 2024, Тошкент вақти: 01:16

Bloomberg: Turkiya Isroil bilan savdo-sotiqni butunlay to‘xtatdi


Turkiya G‘azo sektorida SAXAL (Isroil armiyasi) tomonidan o‘tkazilayotgan harbiy amaliyot tufayli Isroil bilan import-eksport amaliyotlarini tamoman to‘xtatgan. Bu haqda Bloomberg agentligi turkiyalik ikki mulozimdan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq butunlay to‘xtagani hali rasman tasdiqlangani yo‘q. Ayni paytda savdo aloqalari qanday shartlar asosida qayta tiklanishi mumkinligi ham ma’lum emas.

Turkiya statistika instituti ma’lumotiga muvofiq, 2023-yilda Turkiya bilan Isroil o‘rtasidagi tovar aylanmasi 6,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mablag‘ning 76 foizi Turkiya eksporti hissasiga to‘g‘ri keladi.

Isroil TIV rahbari Israel Kas X ijtimoiy tarmog‘ida “Anqaraning bu qarori, xalqaro savdo shartnomalarini e’tiborsiz qoldirga holda, turk xalqi va biznesi manfaatlarini oyoqosti qiladi”, deb yozgan.

Katsga ko‘ra, Isroil Turkiya bilan savdo-sotiq muqobilini yaratish ustida zudlik bilan ish boshlaydi — mahalliy ishlab chiqarishni kuchaytiradi va boshqa ta’minotchilarni qidirib topadi.

O‘tgan haftada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z mamlakati endilikda Isroil bilan savdo aloqalarini rivojlantirmayotganini bildirgan edi. Turkiya lideri Isroil rasmiylarini G‘azoda 45 mingdan ziyod falastinlik qurbon bo‘lgani va 75 mingdan ziyod odam yaralanganida ayblagan.

Reuters qaydicha, Anqara qarori Isroilga eksport bo‘yicha avval joriy etilgan cheklovlarni yanada kengaytiradi.

Aprel oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi, G‘azoda o‘t ochish to‘liq to‘xtatilgunicha va falastinliklarga uzluksiz gumanitar yordam yetkazish yo‘lga qo‘yilgunicha, Isroilga 54 turdagi sanoat mollari eksport qilinishiga cheklov joriy etilishini ochiqlagan edi. Cheklov joriy qilingan tovarlar sirasiga, jumladan po‘lat va plastik quvurlar, alyuminiy simlar, motor moyi, sement, ma’danli o‘g‘itlar va boshqalar kiradi. O‘sha paytda Isroil tomonidan javob choralari ochiqlangan emas.

XS
SM
MD
LG