Линклар

Шошилинч хабар
19 май 2024, Тошкент вақти: 01:27

Rossiyada “xorijiy agentlar” saylanish huquqidan mahrum etilishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi 3-may kuni rossiyalik fuqarolarning saylov huquqlari to‘g‘risidagi qonun loyihasiga kiritilajak o‘zgartishlarni ma’qulladi. O‘zgartishlarda Adliya vazirligi tomonidan xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritilgan rossiyaliklarga har qanaqa hokimiyat organlariga saylovda o‘z nomzodlarini ko‘rsatish bo‘yicha taqiq ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, qo‘mita “xorijiy agentlar”ga har qanday saylovda kuzatuvchi yoki nomzodlarning ishonchli shaxsi o‘laroq faoliyat yuritishni taqiqlashga oid tuzatishni ham ma’qullagan.

“Xorijiy agentlar”ga saylanish va saylov komissiyalari a’zosi bo‘lishni taqiqlash talabi joriy yilning aprel oyida “Spravedlivaya Rossiya - Za pravdu” partiyasi tomonidan ilgari surilgan, biroq o‘shanda loyiha qayta ishlash uchun chaqirib olingan edi.

Qonun loyihasiga bu qadar oshig‘ich o‘zgartishlar kiritilishiga “xorijiy agent” o‘laroq tan olingan rossiyalik fuqarolarning shu yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tajak saylovlarda Moskva shahar dumasiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatish bo‘yicha kampaniya boshlash tashabbusi bilan chiqayotgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, Moskva shahar dumasiga poytaxtdagi barcha saylov okruglaridan 45 nafar “xorijiy agent” o‘z nomzodini qo‘yishga urinadi.

XS
SM
MD
LG